dcsimg

Ibissimonlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ibissimonlar (Ibididae yoki Threskiornithidae) — laylaksimonlar turkumi oilasi. Tumshugʻi uzun, oʻroqqa oʻxshab pastga egilgan (qoravoylar) yoki toʻgʻri va yassi, uchi kurakka oʻxshash kengaygan (qoshiq burunlilar). Boʻyni va oyoqlari uzun, boshining bir qismi, baʼzan boʻyni patsiz. Oldingi barmoqlarining asosida suzgich pardasi bor. Koʻpchilik turlari ovoz chiqarmaydi. 20 urugʻi, 32 turi bor. I. tropik va moʻʼtadil iqlimli oʻlkalardagi suv havzalarida yashaydi. Oʻzbekistonda 2 turi: qoshiqburun (Plataleo leucorodia) va qoravoy (Plegadis falcinellus) Orol dengizi boʻyida va Amudaryoning quyi oqimidagi koʻllarda uchraydi. Qamishlar orasida gala boʻlib uya quradi. Uyaga 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, mayda baliklar, baqalar bilan oziqlanadi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Ibissimonlar: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Ibissimonlar (Ibididae yoki Threskiornithidae) — laylaksimonlar turkumi oilasi. Tumshugʻi uzun, oʻroqqa oʻxshab pastga egilgan (qoravoylar) yoki toʻgʻri va yassi, uchi kurakka oʻxshash kengaygan (qoshiq burunlilar). Boʻyni va oyoqlari uzun, boshining bir qismi, baʼzan boʻyni patsiz. Oldingi barmoqlarining asosida suzgich pardasi bor. Koʻpchilik turlari ovoz chiqarmaydi. 20 urugʻi, 32 turi bor. I. tropik va moʻʼtadil iqlimli oʻlkalardagi suv havzalarida yashaydi. Oʻzbekistonda 2 turi: qoshiqburun (Plataleo leucorodia) va qoravoy (Plegadis falcinellus) Orol dengizi boʻyida va Amudaryoning quyi oqimidagi koʻllarda uchraydi. Qamishlar orasida gala boʻlib uya quradi. Uyaga 2—3 ta tuxum qoʻyadi. Hasharotlar, chuvalchanglar, mollyuskalar, mayda baliklar, baqalar bilan oziqlanadi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari