dcsimg

Aterinasimonlar ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Aterinasimonlar (Atheriniformes) – suyakli baliklar ken-ja turkumi. Uz. 4–50 sm. Karpsimonlar va sargansimonlarga qarindosh, jabra pardasi 5–7 nurli, burun teshigi bir juft, orqa suzgichi 2, qorin suzgichlari 6 nurli. Tangachalari yirik, sikloid, ba’zan kombinatenoid tipida, yon chiziqlari kucheiz rivojlangan. A. 5 oila, 40 urut va 180 to‘rni o‘z ichiga oladi. Chuchuk, sho‘rlangan va dengiz suvlarida, asosan tropik va subtropik suv havzalarida uchraydi. Tirik tugadigan A.ning anal va jinsiy teshiklari, shuningdek kuy-ikish organi tomogida joylashgan. Tu-xum qo‘yib ko‘payadigan A. suv tubiga yoki o‘simliklarga yirik tuxumlarini qo‘yadi. Tuxumlardan tez orada baliqchalar chiqadi. Kaliforniya A. (Jeuresthes tenuis) suv ko‘tarilgan paytda tuxumlarini qirg‘oq yaqinidagi qumga ko‘mib qo‘yadi, suv qayta ko‘tarilgunicha tuxumlardan yosh baliqchalar rivojlanib chiqadi. Qora va Azov dengizlarida Janubiy Yevropa ate-rinasi (Atherina boyeri), Kaspiy va Orol dengizlarida, Uzboy o‘zanidagi ko‘llarda Kaspiy aterinasi (A. boyeri kaspia) tarqalgan. Kaspiy aterinasi mayda, uz. 10 sm gacha, har xil sho‘rlangan (7–36% gacha va undan ham yuqori) suvlarda yashaydi. Zooplankton bilan oziqlanadi. Ayrim A. ovlanadi yoki akvariumlarda boqiladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Aterinasimonlar: Brief Summary ( Uzbek )