dcsimg
Creatures » » Plants » » Dicotyledons » » Composite Family »

Seriphidium diffusum (Krasch. ex Poljak.) Y. R. Ling

Yovshan ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Yovshan, oq joʻsan (Artemisia diffusa N. Krasch) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub sershox oʻt yoki chala buta. Boʻyi 25—45 sm, qalin tuklar bilan qoplangan. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Toʻpguli roʻvaksimon savatcha. Gullari mayda, sariq, ikki jinsli. Choʻllarda, baʼzan adirlarda oʻsadi. Fev.ning 2yarmidan barg chiqaradi, iyul va avg.da oʻsishdan toʻxtab, barglari toʻkiladi. Sent.da yana koʻkarib gullaydi, noyabrda urugʻi pishadi va sovuq urguncha yashil barglari saqlanib turadi. Oʻtloqlarda asosiy oziqbop oʻsimlik hisoblanadi. Bir yillik novdalari tarkibida oqsil, yogʻ, kletchatka, 43,1% azotsiz ekstrakt moddalar, umuman, yer usti qismida 0,81—1,25% efir moyi bor. Yo.ni mollar qishda va bahorda xush koʻrib yeydi.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari

Yovshan: Brief Summary ( Uzbek )

provided by wikipedia emerging languages

Yovshan, oq joʻsan (Artemisia diffusa N. Krasch) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub sershox oʻt yoki chala buta. Boʻyi 25—45 sm, qalin tuklar bilan qoplangan. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Toʻpguli roʻvaksimon savatcha. Gullari mayda, sariq, ikki jinsli. Choʻllarda, baʼzan adirlarda oʻsadi. Fev.ning 2yarmidan barg chiqaradi, iyul va avg.da oʻsishdan toʻxtab, barglari toʻkiladi. Sent.da yana koʻkarib gullaydi, noyabrda urugʻi pishadi va sovuq urguncha yashil barglari saqlanib turadi. Oʻtloqlarda asosiy oziqbop oʻsimlik hisoblanadi. Bir yillik novdalari tarkibida oqsil, yogʻ, kletchatka, 43,1% azotsiz ekstrakt moddalar, umuman, yer usti qismida 0,81—1,25% efir moyi bor. Yo.ni mollar qishda va bahorda xush koʻrib yeydi.

license
cc-by-sa-3.0
copyright
Vikipediya mualliflari va muharrirlari